Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda MIB xodimi pichoqlandi (video)

Andijonda MIB xodimi pichoqlandi (video)

Foto: facebook.com/prokuraturauzb

O‘tgan yili O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilgan edi. Qisqa vaqt ichida qarzdorliklarni undirishni tizimli yo‘lga qo‘yilishi natijasida hududlarda kundalik extiyojlarimiz bilan bog‘lik elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi ta’minoti borasida ijobiy o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Lekin, Byuro xodimlari o‘z xizmat vazifasini o‘tash chog‘ida energiya resurslaridan keragicha foydalanib, pulini to‘lashga kelganda tajovuzkor munosabatda bo‘layotgan fuqarolarga ham duch kelishmoqda, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Ma’lum qilinishicha, 2018-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra MIBning 96 nafar xodimiga tajovuz qilingan. Xususan, shu yilning 19-iyul kuni Andijonda MIB xodimi iste’molchi tomonidan pichoqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ushbu holatlar yuzasidan maxsus ko‘rsatuv tayyorladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring