Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda sodir bo‘lgani aytilayotgan g‘ayriaxloqiy voqea yuzasidan prokuratura tekshirishni boshladi

Andijonda sodir bo‘lgani aytilayotgan g‘ayriaxloqiy voqea yuzasidan prokuratura tekshirishni boshladi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida yashovchi voyaga yetmagan qiz otasi tomonidan zo‘rlab kelinayotganligi haqida videoyozuv tarqalgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati hozirda mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, videoyozuvdagi qiz yuqoridagi holat bo‘yicha vakolatli idoralarga murojaat qilishiga qaramasdan hech qanaka chora ko‘rilmayotganligi haqidagi vajlariga aniqlik kiritish maqsadida Xo‘jaobod tumani prokuraturasi tomonidan tegishli idoralar xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvlari tayinlandi.

Tekshirish jarayoni Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring