Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda svetofordan o‘zini tashlagan yigitga jazo berildi

Andijonda svetofordan o‘zini tashlagan yigitga jazo berildi

Kecha svetofor o‘rnatilgan temir to‘singa chiqib olib, viloyat hokimini chaqirib berishlarini talab qilgan yigit haqida xabar berilgan edi. Ushbu holat 2020 yil 6 iyun kuni Andijon viloyat ma’muriy sudida ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, Andijon shahrida istiqomat qiluvchi O.Rasuljonov karantin davom etayotgan paytda, 6 iyun kuni soat 10.00 larda mast holda jamoat joyi hisoblangan Andijon shahar, A.Temur va Bobur shox ko‘chalarida joylashgan chorrahaga o‘rnatilgan svetoforning temir ustuniga chiqib olib, viloyat hokimini chaqirib berishlarini talab qilgan. Shuningdek, uyatli so‘zlar bilan o‘z joniga qasd qilishini bildirib, jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligini buzgan, ichki ishlar organi xodimlarini huquqbuzarlikni to‘xtatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmagan.

Fuqaro Andijon shahar, Sanoat MFY, Temir yo‘l ko‘chasi, 37-manzilda joylashgan yashash xonadonining 15 kun avval hokimlik vakillari kelib buzilishi haqida aytganidan so‘ng shunday yo‘l tutishga qaror qilgan. Huqubuzar IIB, Milliy gvardiya va FVV xodimlari yordami bilan maxsus to‘rga sakrab tushgan va jiddiy jarohat olmagan. Tekshiruv chog‘ida uning spirtli ichimlik ichgani ma’lum bo‘ldi.

O.Rasuljonovga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblashning 2 (ikki) baravari miqdorida, ya’ni 446.000 so‘m jarima jazosi, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi bilan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblashning 1 (bir) baravari miqdorida, ya’ni 223.000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring