Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Angrenlik uy bekasining plastik kartasidan 20 mln so‘m o‘g‘irlandi

Angrenlik uy bekasining plastik kartasidan 20 mln so‘m o‘g‘irlandi

Foto: «Xabar.uz»

14-iyun kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi uy bekasi L.Z. IIBga murojaat qilib, katta summadagi mablag‘i noqonuniy yechib olinganini ma’lum qildi, deb xabar berdi IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, uning nomiga «Ipoteka» bankidan ochilgan plastik kartochkasi hisobidan shu yil 11-iyun kuni noma’lum shaxs «Click» tizimi orqali 20.179.800 so‘m yechib olgan.

«Ushbu jinoyatni sodir etgan noma’lum shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Hurmatli fuqaro, o‘z shaxsiy buyumlaringizni o‘zgalarga berishdan avval yaxshilab o‘ylang. Hushyor bo‘ling!», deyiladi IIV xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring