Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Atom energiyasidan foydalanishdagi qoidabuzarliklar uchun jarima qancha bo‘ladi?

Atom energiyasidan foydalanishdagi qoidabuzarliklar uchun jarima qancha bo‘ladi?

Foto: «Atomic-energy.ru»

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritiladi. Tegishli qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Loyihaga ko‘ra, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarni buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 25 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa — fuqarolardan bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 25 baravarigacha, mansabdor shaxslardan esa — 30 baravaridan 35 baravarigacha miqdorda jarima unidiriladi.

Qonun loyihasi bilan tanishish va takliflar qoldirish 2020 yilning 12 yanvariga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring