Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Auksionda katta «o‘yin»: 297,8 million so‘mlik ob’yekt 30,6 million so‘mga sotildi

Auksionda katta «o‘yin»: 297,8 million so‘mlik ob’yekt 30,6 million so‘mga sotildi

Foto: «peekandtoland.com»

Qalovini topsa, qor yonadi, degan gap bor. Yana bir hikmat borkim — hisobni bo‘ri yegani yo‘q. Ya’niki, «yondirilgan qor»dan kul qolmasligi mumkin, illo hisob-kitobga kelganda yashirilgan narsa «aji-i» deb chiqib kelaveradi.

Qashqadaryoda shunday bo‘ldi.

«Agrokimyohimoya» Qashqadaryo viloyat hududiy AJga qarashli umumiy maydoni 5253 m2 bo‘lgan omborxona binosi sotiladigan bo‘ldi. Avvaliga ob’yekt «Baholash va konsalting markazi» MChJ tomonidan 297,8 mln. so‘mga baholanib, auksionga qo‘yildi. Biroq jamiyat mansabdor shaxslari taqdim etilgan hujjatlarni savdodan avval qaytarib olinib, mulkni boshqatdan narxlatishga tushdi. «Gapga kiradigan» baholovchi olis Buxorodan topildi. Buxorodagi «Baholash konsalting servis» MChJ azamatlari qanday asos topgan — noma’lum, xullas, sanoqli sanalar avval salkam uch yuz million so‘mga baholagan omborxonani... 12,2  million so‘mga qayta narxlab bersami?!

«Yangi narx» bilan auksionga chiqarilgan mulk darhol «egasini topdi»: 30,6 million so‘m evaziga!

Mulkning yangi egasi begona emasligining ehtimoli katta.

Qisqasi, Bosh prokuratura huzuridagi departament ayni holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Tergov jarayonida ancha-muncha savollarga oydinlik kiritilib, ularga huquqiy baho berilishiga ishonavering, deydi Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring