Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Avto 60 oy»dan jabr ko‘rganlar diqqatiga!

«Avto 60 oy»dan jabr ko‘rganlar diqqatiga!

Foto: «Cdn.uza.uz»

«Avto 60 oy» MChJ mansabdor shaxslari J.Bahodirov va boshqalarning jinoiy harakatlari natijasida jabr ko‘rgan fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararlarni qoplash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlaridan iborat tarkibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarda ishchi guruhlar tashkil etildi.

Hozirda ishchi guruhlarga 2.144 nafar fuqaro murojaat qilib, o‘zlariga tegishli hisob raqamlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim qilishgan.

Shuningdek, moddiy zararni qaytarish masalasida murojaat etmagan fuqarolarimizga hududlarda tashkil etilgan ishchi guruhlarga murojaat qilishlari va yetkazilgan zararlar qisqa muddatda ularning hisob raqamlariga o‘tkazilishini eslatib o‘tamiz.

Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan JIB Chilonzor tuman sudining 29.03.2021-yildagi hukmi bilan sudlangan «Avto 60 oy» MChJ mansabdor shaxslariga doir ijro ishi doirasida tergov organlari tomonidan xatlangan 28,6 mlrd so‘m mablag‘larni 15.761 nafar undiruvchilarning tegishli bank karta hisob raqamiga o‘tkazib berish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shu sababli, «Avto 60 oy» MChJdan jabr ko‘rgan Qashqadaryo viloyatida istiqomat qilib kelayotgan 1.204 nafar fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida, undiruvchilardan, bank hisob raqami va rekvizitlari hamda pasport nusxasi bilan yashash joylardagi Byuroning tuman (shahar) bo‘limlariga murojaaat qilishlari so‘raladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring