Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim sudlarga sudyalar tayinlandi

Ayrim sudlarga sudyalar tayinlandi

Sudyalar oliy kengashining bugun bo‘lib yig‘ilishida ayrim sudlarga sudyalar tayinlandi. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar berdi. 

Kengash qarori ko‘ra:

Abduraxmanov Alisher Abdurashidovich – vakolat muddati davriga Andijon viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati Asaka tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimidan ozod etildi.

Karimov Abrorbek Azimovich – vakolat muddati davrining besh yil muddatiga Namangan viloyati Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Atamuratov Dilmurod Xaitbayevich – vakolat muddati davrining besh yil muddatiga Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Xorazm viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Jo‘rayev Muxammadi Muxitdinovich – vakolat muddati davrining besh yil muddatiga Jizzax viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati Termiz tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Rahmonov Aziz Temirovich – vakolat muddati davriga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Boboyev Burhon Bo‘riyevich – vakolat muddati davriga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qibray tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Choriyev Fazliddin Xudoyberdiyevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring