Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir guruh xonandalar javobgarlikka tortildi

Bir guruh xonandalar javobgarlikka tortildi

O‘zbekiston va Turkmaniston Respublikalari xalq artisti Bobomurod Hamdamov ijrosidagi qo‘shiqlar muallif ruxsatisiz foydalanilganligi yuzasidan qonuniy chora ko‘rish to‘g‘risidagi murojaat Adliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqildi.

Murojaatni ko‘rib chiqish davomida Bobomurod Hamdamovga tegishli bo‘lgan qo‘shiqlar fuqarolar O. Quvatov, U. Quvatov va Sh. Bekmurodovlar tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan ijro etilganligi aniqlangan.

«Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonunning 19-moddasiga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslar asardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan, shu jumladan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkinligi belgilangan.

Holat yuzasidan fuqarolar O. Quvatov, U. Quvatov va Sh. Bekmurodovlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi birinchi qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, javobgarlik masalasini ko‘rib chiqishlik uchun tegishli tartibda sudga yuborilgan.

Sudning qaroriga ko‘ra, huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun tegishli tartibda jarima jazosi tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring