Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir haftada 347,9 million so‘m jarima

Bir haftada 347,9 million so‘m jarima

Foto: «Xabar.uz»

Fuqarolar va jamoatchilikning murojaatlari yuzasidan davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan soliq nazorati tadbirlari natijalariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida 1477 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi saytida ma’lum qilindi.

Amaldagi qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzib, soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan 1238 nafar shaxsga nisbatan 347,9 million so‘m ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Jumladan:

  • savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzgan 5 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164-moddasiga asosan 0,9 million so‘m,

Shundan:

a) xaridorga tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) chek (kvitansiya, schet) bermasdan sotish (xizmat ko‘rsatish) holatlari bo‘yicha 2 nafar shaxsga nisbatan 0,3 million so‘m;

b) nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibiga rioya etmaslik holatlari bo‘yicha 1 nafar shaxsga nisbatan 0,2 million so‘m;

v) to‘lov terminallari bilan jihozlash va pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibiga rioya etmaslik holatlari bo‘yicha 1 nafar shaxsga nisbatan 0,2 million so‘m;

g) narxlarni asossiz ravishda oshirish holatlari bo‘yicha 1 nafar shaxsga nisbatan 0,2 million so‘m ma’muriy jarimalar;

  • binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni notarial tasdiqlangan shartnomasiz ijaraga yoki tekin foydalanishga bergan 57 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1591-moddasiga asosan 49,1 million so‘m;
  • uy-joyga doir mulk huquqini ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirmagan 215 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 160-moddasi 2-qismiga asosan 37 million so‘m;
  • daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyani soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan 207 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi 3-qismiga asosan 35,6 million so‘m;
  • noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan 175 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-moddasi 1-qismiga asosan 31 million so‘m;
  • avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullangan 1 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1763-moddasiga asosan 0,9 million so‘m;
  • soliq hisobotini soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan korxonalarning 366 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 1-qismiga asosan 63 million so‘m;
  • debitorlik qarzi muddatlari o‘tkazib yuborilgan korxonalarning 18 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 3-qismiga asosan 31 million so‘m;
  • soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka o‘z vaqtida taqdim etmagan korxonalarning 194 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 6-qismiga asosan 100 million so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring