Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir kunning o‘zida ham Farg‘ona, ham Angrenda bosqinchilik qildi

Bir kunning o‘zida ham Farg‘ona, ham Angrenda bosqinchilik qildi

Foto: «tumix.ru»

Ichki ishlar vazirligi saytida shu yil 6-dekabr kuni Farg‘ona shahri Yangi asr ko‘chasi oldida I.G‘., T.T.ning «Matiz» rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, uni pichoq bilan qo‘rqitib, puli va «Samsung» mobil telefonini olib ketganligi haqida xabar berilgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, I.G‘. shu kuni yana bir bosqinchilikni amalga oshirgan. U Toshkent viloyatining Angren shahrida F.M. boshqaruvidagi «Neksiya» avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, uni pichoq bilan qo‘rqitib, fuqarolik pasportini tortib olgan va haydovchini tushirib yuborib, avtomashinani noma’lum tomonga haydab qochgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Ohangaron tumani hududida texnik soz holda topilgan. Hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring