Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bozorda baqir-chaqir qilgan ayol 5 sutkaga qamaldi

Bozorda baqir-chaqir qilgan ayol 5 sutkaga qamaldi

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Farg‘ona shahrida yashovchi X.M. 29-mart kuni Farg‘ona shahar dehqon bozorida karantin qoidalariga rioya qilmasdan, jamoat joylarida niqob taqib yurmagani yetmagandek, bozorda baqir-chaqir qilgan.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmatiga ko‘ra, u kartoshka sotilayotgan joyda fuqarolarga tushuntirish berayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat burchlarini bajarishga qarshilik qilib, ularning talablarini bajarmaslikka da’vat qilib, ommaviy tartibsizlik  keltirib chiqarishga harakat qilgan.

Qayd etilishicha, huquqbuzarga nisbatan to‘plangan hujjatlar 30.03.2020-yilda Farg‘ona shahar ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, X.M. ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida kodeksning 54 va 195-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring