Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda ikki talaba ushlandi

Buxoroda ikki talaba ushlandi

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarodan pul talab qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, G‘ijduvon tumani «Paxtaobod» mahallasida yashovchi Toshkent davlat agrar universitetining 24 yoshli 4-bosqich talabasi I.O. va Samarqand viloyati Narpay tumani «Toshrabod» mahallasida yashovchi TATUning 21 yoshli 3-bosqich talabasi U.Sh. bilan birgalikda Q.J.ga uni Buxoro davlat universitetining iqtisod fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

Ular buning evaziga Q.J.dan 60 million so‘m so‘rab, pullarni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan I.O. va U.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring