Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda soxta 100.000 so‘mlikdan foydalangan yigit qo‘lga tushdi

Buxoroda soxta 100.000 so‘mlikdan foydalangan yigit qo‘lga tushdi

Foto: «Centre1.com»

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan olib borilgan tekshiruvlar natijasida aniqlanishicha, Buxoro shahar Avshor mahallasida yashovchi, 2002-yilda tug‘ilgan H.M. dastlabki tergov davomida aniqlanayotgan boshqa shaxslar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, Buxoro shahridagi «Raxmatillo» MChJga tegishli bo‘lgan savdo do‘konidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilib, 2 dona soxta 100.000 so‘mlik pul kupyuralari bilan hisob-kitob qilgan.

Viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining xulosasiga ko‘ra hujjatlashtirib olingan ushbu har ikkala 100.000 so‘mlik pul kupyuralarining qalbaki ekanligi tasdiqlangan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar bergan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring