Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodagi «tilla do‘koni»da xaridor o‘g‘rilikka qo‘l urdi

Buxorodagi «tilla do‘koni»da xaridor o‘g‘rilikka qo‘l urdi

Foto: «Xabar.uz»

Buxoro shahridagi «Karat» tilla tanqinchoqlar do‘konida o‘g‘rilik sodir bo‘ldi. Sotuvchining e’tiborsizligidan foydalangan holda ikki juft, qiymati 6 206 000 so‘m bo‘lgan taqinchoqlarni o‘g‘irlagan xaridor qo‘lga olindi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiriga viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Quvvat Yarashov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra,  xaridorlar bilan ardarmon bo‘lgan sotuvchi ma’lum vaqt o‘tib, do‘ronda ayollar uzugi va ziragini yo‘qolib qolganini payqaydi. Va o‘sha zahoti Buxoro shahar IIO FMBga ariza orqali murojaat qiladi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida mazkur jinoyat Farg‘ona viloyati? Farg‘ona tumanida ro‘yxatda turib, hozirgi vaqta Buxoro tumanidagi «Madaniyat» MFYda vaqtincha yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan J.R. tomonidan sodir qilingani aniqlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring