Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzor tumani hokimining uyiga o‘g‘ri tushdi

Chilonzor tumani hokimining uyiga o‘g‘ri tushdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘tgan haftada Chilonzor tumani hokimi Sarvar Maxametovning xonadoniga o‘g‘ri tushgan. «Kun.uz» nashri xabar qilishicha, voqea 5-dekabr kuni sodir bo‘lgan, o‘g‘rilar uydan katta miqdordagi mablag‘larni olib chiqib ketishgan.

Bosh prokuraturatura matbuot xizmatining nashr muxbiriga xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman IIB FMB tomonidan JKning 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

Ayni vaqtga kelib, o‘g‘rilikda gumonlangan 3 kishi qo‘lga olingan.

«Tergov-tezkor tadbirlar natijasida 07.12.2018 yil M.M., Q.G. va  G.R. ushlanib, o‘tkazilgan tintuv tergov harakatlari davomida M.M.ning xonadonidan o‘g‘irlangan ashyolar olingan.

M.M., Q.G. va G.R. 09.12.2018-yil jinoyat ishi yuzasidan JKning 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi chorasi qo‘llangan», deyiladi prokuratura xabarida.

Xabarda qayd etilishicha, jabrlanuvchi Chilonzor tumani hokimining turmush o‘rtog‘i hisoblanadi. Prokuratura o‘g‘irlangan pullar miqdoriga aniqlik kiritmagan.

Ayni vaqtda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, Sarvar Maxametov shu yilning oktyabridan buyon Chilonzor tumani hokimi hisoblanadi. U 2010-2016-yillarda Bektemir tumani hokimi, 2016-2018-yillarda Yakkasaroy tumani hokimi sifatida ham ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring