Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Click» orqali «qiliq» qilgan shovvoz javobgarlikka tortildi

«Click» orqali «qiliq» qilgan shovvoz javobgarlikka tortildi

Foto: «Xabar.uz»

Xorazm viloyati, Shovot tumanida plastik kartochkadan «pul yechib» o‘g‘irlagan fuqaro javobgarlikka tortildi.  

Aniqlanishicha, qirqni urgan Karimboy I. «Click» dasturi orqali M.Ya.ning plastik kartochkasidan bir necha marta o‘zining plastik kartochkasiga xufiyona tarzda pul o‘tkazgan. U bu qing‘ir ishini 2019 yilning avgust oyidan beri bir necha marta amalga oshirib, o‘zganing  jami 1 250 000 so‘mini yechib olgan.

Plastik kartasidagi pullarning barakasi uchayotganidan shubhalangan M.Y. huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qiladi. Tekshiruv natijasida Karimboy I.ning «Click» orqali qilayotgan «qiliq»lari fosh bo‘ldi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Gurlan tuman sudining «Xabar.uz» muxbiriga ma’lum qilishicha, Karimboy I.ning ishi ko‘rib chiqilib, unga qonuniy chora ko‘rildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring