Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Denovda qo‘lbola alkogol sexlari fosh etildi

Denovda qo‘lbola alkogol sexlari fosh etildi

Foto: Prokuratura departamenti

Surxondaryo viloyati, Denov tumanida qo‘lbola usulda alkogolli mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sexlar fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Denov tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Obodon» MFYda yashovchi 6 nafar fuqaro o‘z uylarida etil spirtidan alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu xonadonlardan jami 3 240 dona qo‘lbola usulda tayyorlangan «Denov» nomli alkogol mahsuloti, 2 784 litr spirt,  6 254 dona qalbaki aksiz marka, 5 562 dona qopqoq, 1 150 dona «Denov» yorlig‘i tushirilgan yorliq, 948 dona bo‘sh idish, 1 to‘plam kompyuter, rangli printer va boshqa tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (alkagol mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring