Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Devor» o‘g‘rilari fosh etildi

«Devor» o‘g‘rilari fosh etildi

Foto: IIV

2021-yil 26-yanvar kuni Surxondaryo viloyati Termiz tumani «Xalqobod» mahallasida joylashgan 49 yoshli Bayramali M.ga tegishli «Xalqobod ochiq dala» bo‘limining atrofini o‘rash uchun o‘rnatilgan jami narxi 25.915.000 so‘mlik 73 dona temir panjara o‘g‘irlab ketilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni 30 yoshli Oybek J., 28 yoshli Siroj B., 39 yoshli Ilhom R., 29 yoshli Ortiq X. va 24 yoshli Nurali X.lar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan 70 dona temir panjaralar ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Termiz tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oybek J., Siroj B., Ilhom R., Ortiq X. va Nurali X.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring