Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi

Dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DBQning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. va boshqalar dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish orqali noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, xorijda ishlab chiqarilgan 750 flakon «Remdisivir for Injektor 100mg» nomli dori vositalarini 30 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan xuddi shunday tezkor tadbirda fuqaro S.A. 3 turdagi 10 740 quti dori vositalarini 10 200 AQSh dollariga dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dori vositalari va tibbiy buyumlarini saqlash hamda ularni tashish sharoitlarining mavjudligi ularning xavfsizligi, sifati va but saqlanishining kafolatidir. Shu sababli, dori vositalari va tibbiy buyumlarini xarid qilish uchun faqat dorixona va ularning filiallariga murojaat qilish so‘raladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring