Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dugonasining video va rasmlarini eriga ko‘rsatmaslik uchun pul talab qilgan tovlamachi qo‘lga olindi

Dugonasining video va rasmlarini eriga ko‘rsatmaslik uchun pul talab qilgan tovlamachi qo‘lga olindi

Foto: «Tergov.uz»

2021-yil 20-fevral kuni Farg‘ona shahar IIO FMB boshlig‘i nomiga 23 yoshli Munojatxon F. ariza bilan murojaat qildi. Unga ko‘ra tanishi 23 yoshli Zarina Q. sir saqlanishi lozim bo‘lgan foto va videotasvirlarni turmush o‘rtog‘iga ko‘rsatmasligi evaziga 1.500 AQSh dollari talab qilayotganligini ma’lum qilib, Zarina Q.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab murojaat qilgan. O‘z navbatida, o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida Farg‘ona shahrida joylashgan kafeda Zarina Q. bilan va 21 yoshli Mafruza I.lar tovlamachilik yo‘li bilan Munojatxon F.dan 1.500 AQSh dollari olayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi katta tergovchisi X.O.Jurayev tomonidan Zarina Q. va Mafruza I.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring