Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX bir guruh shaxslarni hibsga oldi

DXX bir guruh shaxslarni hibsga oldi

Foto: DXX

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining Chegara qo‘shinlari harbiy hizmatchilari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.

Unda Andijon tumanida yashovchi, 1992-y.t. fuqaro Xo‘jaobod tumaniga borib, qirg‘izistonlik narkokur’yerlar tomonidan davlat chegarasidagi sim to‘siqlar va unga parallel ravishda o‘rnatilgan devor ustidan uloqtirib o‘tkazib berilgan 3 kg 860 gr «gashish» moddasini qabul qilib olgan vaqtida ushlandi.

Andijon viloyatida kuzatilgan yana bir holatda esa 1980-y.t., muqaddam bir necha bor sudlangan fuqaro yonida 110 dona flakonda «Tropikamid» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining Bojxona qo‘mitasi xodimlarini jalb etgan holda o‘tkazgan tezkor tadbirida Toshkent shahri tomon harakatlanib ketayotgan, Namangan shahrida yashovchi, 1987-y.t. fuqaro boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashina Qamchiq dovonida to‘xtatildi.

Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida va yukxonasida 1680 dona flakonda «Tropikamid» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yildi.

Shuningdek, mazkur dori vositalari Toshkent shahrida yashovchi, 1984 y.t., muqaddam sudlangan fuqaroga olib ketilayotganligi ma’lum bo‘lib, u ham hibsga olindi.

Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring