Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX narkosavdogarlarni qo‘lga oldi

DXX narkosavdogarlarni qo‘lga oldi

Videodan lavha

Mamlakatimiz janubida joylashgan Surxondaryo viloyati Afg‘oniston va Tojikiston bilan chegaradosh hisoblanganligi bois, ushbu davlatlardan giyohvandlik vositalarining respublikamiz hududiga o‘tkazilishi xavfi doimo kun tartibida turgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari bu yo‘nalishda muntazam ravishda tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirib keladi.

Xususan, tojikistonlik narkokur’yer tomonidan Sariosiyo tumaniga o‘tkazilib, xufiyona joyga yashirib ketilgan 7 kg 969 gr. «gashish» moddasini olib, kelgusida Farg‘ona vodiysidagi jinoiy sheriklariga sotishni rejalashtirgan, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1980 y.t. shaxs qo‘lga olindi.

Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa 1978 y.t., muqaddam giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan mahalliy fuqaro Tojikistondan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan 5 kg 83 gr. «opiy» va 896 gr. «gashish» moddalarini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

1992 y.t. Afg‘oniston fuqarosi jomadonga xufiyona joylashtirilgan 3 kg 884 gr. «opiy» moddasini kelgusida sotish maqsadida bojxona ko‘rigidan yashirincha o‘tkazib, Termiz shahriga olib kelgan vaqtida ushlandi.

Termiz tumanida qayd etilgan holatda bo‘lsa Denov tumanida yashovchi, 1987 va 1998 yillarda tug‘ilgan 2 fuqaro xaridorga 997 gr. «opiy» moddasini 2 ming AQSh dollari hamda 40 mln. so‘mga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan ushbu ajal og‘usining egasi, Denov tumanida yashovchi, 1999 y.t. shaxs ham ushlandi.

Shuningdek, afg‘onistonlik narkosavdogarlar tomonidan berib yuborilgan 730 gr. «opiy» va 3 kg 953 gr. «gashish» moddalarini Termiz shahrida qabul qilib olgan vaqtida Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi, 1965 y.t., muqaddam sodir etgan narkojinoyati uchun sudlangan shaxs ham qo‘lga olindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 10 kg 694 gr. «opiy» va 12 kg 818 gr. «gashish» giyohvandlik vositalari musodara qilindi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring