Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yetti yil avval 12 yilga «kesilgan» sobiq boshqarma boshlig‘i oqlandi

Yetti yil avval 12 yilga «kesilgan» sobiq boshqarma boshlig‘i oqlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha (JIB) Samarqand viloyat sudi sudlov hay’ati hay’ati ajrimi ko‘ra, Shavkat Haqnazarov oqlandi. Bu haqda 7news.uz sayti o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda.

2004 yil 15 noyabrdan 2012 yilning 31 may kuniga qadar Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Sh.Xaqnazarov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi(JK)ning 205-(mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 210-moddalari (pora olish) bilan aybdor deb topilib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgani aytiladi.

Ayni paytda 62 yoshga to‘lgan Sh. Haqnazarovga oid jinoyat ishi bo‘yicha chiqarilgan hukm O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan bekor qilinib, yangi tarkibda ko‘rish uchun JIB Samarqand viloyat sudiga yuborilgan ko‘rinadi. Viloyat sudi esa bu safar yetti yil avval shu sud chiqargan ayblov hukmiga ters o‘laroq, sudlanuvchini aybsiz deb topib, uni oqlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring