Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada «kissavur» qamoqqa olindi

Farg‘onada «kissavur» qamoqqa olindi

Foto: IIV

29-yanvar kuni Farg‘ona shahri M.A. ismli ayol IIBga murojaat qildi. Unga ko‘ra 27-yanvar kuni noma’lum shaxs shahardagi oshxona oldidan yo‘lovchi tashuvchi avtobusga chiqib, qo‘lidagi sumkasidan narxi 2.340.000 so‘mlik uyali telefon apparatini kissavurlik yo‘li bilan o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «a» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni X.N. sodir etganligi aniqlanib, sud tomonidan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Qonunchilikka asosan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring