Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada maktab qozonxonasini 15 ming dollarga pullamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Farg‘onada maktab qozonxonasini 15 ming dollarga pullamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Maktabga tegishli bo‘lgan qozonxonani 15 ming dollar evaziga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda «O‘zA».

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg‘ona viloyat boshqarmasi hamda Quva tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda maktabga tegishli bo‘lgan qozonxonani 15 ming dollar evaziga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

Quva tumanidagi «Issiqlik manbai» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi R.S tadbirkorlik faoliyatini yuritib, poyabzal ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan M.T ga 60-umumta’lim maktabi hududidagi, uning balansida bo‘lgan qozonxonani rasmiylashtirib berishni va’da qildi.

U o‘ziga tegishli choyxonada arizachidan 15 ming AQSh dollarini olgan vaqtda daliliy ashyo bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan R.S ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring