Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada YPX inspektorini videoga olib, tarqatgan fuqaro 10 sutkaga «kesildi»

Farg‘onada YPX inspektorini videoga olib, tarqatgan fuqaro 10 sutkaga «kesildi»

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 2-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Bu yerda kim haq?» sarlavhasi ostida videolavha tarqatilgan. 

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan 3-mart kuni Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani, «Poloson» MFY binosida sayyor sud bo‘lib o‘tgan.

YPX inspektori faoliyatini videotasvirga tushirib, yo‘l belgisini o‘rnatmasdan xizmat olib borganlikda noto‘g‘ri ayblagan va videolavhani ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan fuqaro F.E.ga nisbatan Qo‘shtepa tumani Ma’muriy sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 195-moddasiga ko‘ra, 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring