Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda fermer xo‘jaligi raisi o‘ldirildi

Qashqadaryoda fermer xo‘jaligi raisi o‘ldirildi

Foto: Xabar.uz

Qashqadaryo viloyati, Koson tumani Toshko‘prik MFYda fermer xo‘jaligi raisi qaynog‘asi tomonidan o‘ldirilgan. Bu haqda viloyat telekanali orqali xabar qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, fermer xo‘jaligi raisi N. qaynog‘asi F. ni og‘zaki kelishuv asosida yollanma ishchi sifatida ishga qabul qiladi. Ish haqi sifatida g‘alla va somon berishga kelishishadi.

G‘alla yetilib, o‘rilganidan so‘ng g‘alla rejasi bajarilgan-u ammo fermer foyda ko‘rmagan. Fermer F. ga ish haqini bermagani yetmagandek, somon so‘raganida ham talabini bajarmagan.

Shundan so‘ng orada janjal kelib chiqqan. Fermer uxlab yotganida uyiga kelgan qaynog‘a uni avtomashina balonini damlovchi nasos bilan bosh qismiga zarba berib o‘ldirgan.

Mahalla ahlining aytishicha, pochcha va qaynog‘a o‘rtasida bundan oldin ham muntazam ziddiyatli vaziyatlar  yuzaga kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring