Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Firibgar bu safar qizning tuyg‘ularidan foydalandi

Firibgar bu safar qizning tuyg‘ularidan foydalandi

2021-yilning 14-yanvar kuni soat 11:30larda Navoiy viloyati, Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasiga 21 yoshli Jasurbek T. harbiy ust-bosh kiyimda kelib, hamshira bo‘lib ishlovchi 24 yoshli Nilufar N. bilan yaqindan tanishadi.

Yigit unga uylanishini, lekin onasi og‘ir betob bo‘lib, jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi uchun pul kerakligini, pullarini 3 kun ichida qaytarib olib kelib berishini va’da qilib, unga tegishli jami narxi 4 950 000 so‘mlik tilla-taqinchoqlarini va hisobida 510 ming so‘m puli bo‘lgan plastik kartasini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bergan va’dasini bajarmasdan hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Mazkur holat Zarafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jasurbek T., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov davomida Jasurbek T. muqaddam firibgarlik va o‘g‘irlik jinoyatlari uchun sudlanib, hech qayerda ishlamasligi aniqlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

«Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida sizga tanish bo‘lmagan insonlarning qo‘llariga o‘zingizni xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to‘riga tushmaslik o‘z qo‘lingizda», deb ogohlantiradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring