Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Gop stop» jazosiz qolmaydi. Uch yil oldingi jinoyat aniqlandi

«Gop stop» jazosiz qolmaydi. Uch yil oldingi jinoyat aniqlandi

Foto: «Google.com»

2016 yil 9 may kuni Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumani Istiqlol qishlog‘ida noma’lum shaxslar Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi N.E. ismli ayolni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, ichida 600 000 so‘m puli, 300 AQSh dollari, fuqarolik pasporti va «Samsung» rusumli mobil telefoni bo‘lgan sumkasini tortib olib ketganlar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berib o‘tdi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Yashnobod tumani Olmos mahallasi Dilnur ko‘chasida yashovchi A.A., T.M., Sh.A. va Tuzel 3-dahada yashovchi H.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring