Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gugurtmi yoki gururt emas? Cho‘pga ustamonlik bilan yopishtirilgan «gashish» fosh bo‘ldi

Gugurtmi yoki gururt emas? Cho‘pga ustamonlik bilan yopishtirilgan «gashish» fosh bo‘ldi

Giyohvandlik vositalarini yurtimizga noqonuniy olib kirilishi shuningdek, ular bilan noqonuniy muomalada bo‘lish qat’iyan taqiqlangan va jinoiy javobgarlik belgilangan. Biroq bu kabi qonun buzilish holatlari hamon uchramoqda.

Xususan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi «Ayritom» chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan xorij fuqarosi M.N. ismli shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, uning qing‘ir rejasi fosh bo‘ldi. Ya’ni, ushbu shaxsning gugurt qutisi ichidagi gugurt cho‘pining uchiga yopishtirilgan to‘q jigarrangdagi «gashish» giyohvandlik vositasini go‘yoki haqiqiy gugurt cho‘pi sifatida bojxonachilarni ishontirishga urinishi naf bermadi.

Qing‘ir niyatli kimsa tomonidan olib kirilayotgan «gashish»ning gugurt cho‘pi bilan og‘irligi 0,35 grammni tashkil qildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring