Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hatto harbiylar ham himoyaga muhtoj

Hatto harbiylar ham himoyaga muhtoj

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati

Shu yilning 9 oyida harbiy prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 5 648 nafar harbiy xizmatchilarning buzilgan huquqlari tiklandi. Bu hali hammasi emas.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, misol uchun, Samarqand shahrida harbiy xizmatchilarga ipoteka krediti asosida foydalanishga topshirilgan 72 ta xonadonlarga egalik huquqi belgilanmasdan kelinayotganligi aniqlanib, Samarqand harbiy prokuraturasi aralashuvi bilan ushbu uy-joylar shahar hokim qarori asosida ularga mulk sifatida topshirilishi ta’minlangan.

Xuddi shu kabi, Chirchiq harbiy prokuraturasi tomonidan 100 nafar harbiy xizmatchilarga ipoteka krediti asosida berilgan uy-joylarga egalik huquqi belgilanishida amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Samarqand harbiy prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 22 nafar harbiy xizmatchilarga, ularning xizmat stajlari noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi oqibatida hisoblanmay qolgan 73,4 mln. so‘m miqdordagi qo‘shimcha ustama to‘lovlari to‘lanishi ta’minlandi.

Albatta, xalqimiz orasida qars ikki qo‘lgan chiqadi, degan gap ham bor. O‘tgan davrda jismoniy va yuridik shaxslardan harbiy prokuraturaga kelib tushgan murojaatlarning 2 795 tasi bevosita ushbu prokuraturada hal qilinib, 202 tasi qanoatlantirilgan va natijada 276 nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishiga erishildi.

Masalan, Qarshi harbiy prokuraturasi tomonidan «F.I.» MChJning murojaatini ko‘rib chiqish jarayonida, harbiy xizmatchilarning ushbu korxona oldidagi 18,2 mln. so‘mlik qarzi to‘liq bartaraf etilishi ta’minlandi.

Shuningdek, «E.D.» MChJning Xorazm viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasidan 17 mln. so‘m pul mablag‘larini undirishda amaliy yordam so‘rab yozgan murojaatini ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra, Urganch harbiy prokuraturasi tomonidan qarzdordan yuqoridagi summani to‘liq undirilishi ta’minlanib, tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring