Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimlik mansabdorlari 7 milliard so‘mni o‘zlashtirdi

Hokimlik mansabdorlari 7 milliard so‘mni o‘zlashtirdi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda «Budjet mablag‘larini o‘zlashtirish bilan shug‘ullanadigan tuman rahbarlariga nisbatan choralar ko‘riladimi?» sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Bosh prokuratura tomonidan Jizzax viloyatida o‘tkazilgan tekshirish chog‘ida Arnasoy tumanida rejalashtirilgan 8000 gektar maydonning 1068 gektariga paxta urug‘ini o‘z vaqtida ekilmasligi va zarur agrotexnik tadbirlar o‘tkazilmasligi natijasida 1 549 gektar maydonda paxta yetishtirish imkoniyati yo‘qotilgan.

Biroq tuman hokimligi mas’ullari 8000 gektar maydonda paxta etishtirilayotganini ko‘rsatib, shu yo‘l bilan 7 milliard 16 million so‘mlik qo‘shimcha imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishiga erishishgan. Shu tarzda katta miqdordagi mablag‘ talon-toroj qilingan.

Mazkur holat bo‘yicha joriy yilning 30 iyunida Bosh prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Tergov harakatlari davom etmoqda, – dedi Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring