Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

 Hokimning erkatoy o‘g‘lida yana bir «qahramonlik» chiqdi (video)

 Hokimning erkatoy o‘g‘lida yana bir «qahramonlik» chiqdi (video)

Videolavhadan skrinshot

Olmaliq shahar hokimi Usmon Rahimovning o‘g‘li Dilshod Ismoilov yana jamoatchilikning diqqat markaziga chiqdi. Uning Toshkentda «Treker» mashinasini soatiga 150 kilometr tezlikda haydagani, buning ortidan jarimaga tortilgan-yu o‘g‘lining qiliqlariga otasining ming xijolatda izoh berganiga oid shov-shuvlar hali bosilmay, yigitning yana bir «qahramonligi» ma’lum bo‘ldi.

Bloger Nikita Makarenkoga tayanib, «Daryo»ning yozishicha, Dilshod Ismoilov bezorilik bilan bog‘liq jinoiy ishga ham aralashgan. Ya’nikim, u joriy yilning 8-iyun kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida jinoiy sheriklari 20 yoshli Mirbosit M., 19 yoshli Elmurod D., 20 yoshli Humoyun A.lar bilan bezorilik qilib, 56 yoshli Shavkat M. va uning 30 yoshli o‘g‘li Laziz M.ga tan jarohatlari yetkazgan.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytiladi.

Demak, oradan salkam to‘rt oy vaqt o‘tdi. O‘tgan davr mobaynida jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlanib, «ish» sudga chiqqan bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Xo‘sh, sud hokimning erkatoy o‘g‘li va uning jinoiy sheriklariga qanday jazo bergan? 

Mazkur savol keyingi maqolaga mavzu bo‘ladi, nasib...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring