Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar vazirligi hay’ati a’zolari tarkibi tasdiqlandi

Ichki ishlar vazirligi hay’ati a’zolari tarkibi tasdiqlandi

Foto: «Uza.uz»

O‘zbekiston Respyblikasi Prezidentining «Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2017-yil 12-apreldagi PQ-288Z-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hay’atlarining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2017-yil 19-oktyabrdagi 855-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hay’ati a’zolarining soni 11 (o‘n bir) kishidan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hay’ati a’zolari quyidagi tarkibda tasdiqlandi:

  1. Bobojonov Po‘lat Razzaqovich — ichki ishlar vaziri
  2. Sobirov Shuxratjon Urinbayevich — ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari
  3. Ikramov Azizbek Israilovich — ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari
  4. Xatamov Rustam Abduganiyevich — ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘i
  5. Lavozimiga ko‘ra — ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i
  6. Mirzaraximov Baxodir Yuldashevich — ichki ishlar vazirining jazolarni ijro etishni ta’minlash va harbiy tuzilmalar bo‘yicha o‘rinbosari
  7. Kadirov Doniyor Baxtiyorovich — ichki ishlar vazirining turizm va transport ob’yektlarida xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari
  8. Nishanbayev Saidkarim Abduxokimovich — ichki ishlar vaziri o‘rinbosari
  9. Almatov Zokirjon Almatovich — ichki ishlar vaziri maslahatchisi
  10. Mirziyayev Muxtor Asrorovich — ichki ishlar vazirligining O‘z xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i
  11. Norgitov Shuxrat Irkinovich — Ichki ishlar vazirligining Tashkiliy departamenti boshlig‘i

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limiga yuklatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring