Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikki nafar sudya vazifasidan ozod etildi - Sudyalar oliy kengashi

Ikki nafar sudya vazifasidan ozod etildi - Sudyalar oliy kengashi

Sudyalar oliy kengashi ikki nafar sudyani vazifasidan ozod etdi. Bu haqda Kengash matbuot xizmati tizimda amalga oshirilgan tayinlovlarga oid axborotda ma’lum qildi. Unga ko‘ra, ularning biri «Sudyalar odob-axloq kodeksi» talablarini qo‘pol ravishda  buzgani, yana biri o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan.

Shuningdek, Kengash vakolat muddati yakuniga yetti nafar sudyani navbatdagi o‘n yillik muddatga tayinlashga oid masala muhokama qilib, besh nafariga ishonch bildirilgan, ikki nafarini yangi muddatga tayinlash maqsadga muvofiq emas, deb topgan. Bundan tashqari odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonunchilikni buzgani va sud ishini tashkillashtirishda beparvoligi uchun uch nafar sudyani intizomiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi, deyiladi xabarda.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatiga ko‘ra, tizimda quyidagi  tayinlovlar amalga oshirilgan:

Qambarova Sarvinoz Nizomovna - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Buxoro viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasilavozimiga;

Rasulov Nodirjon G‘apporovich -  sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Navoiy viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Qosimov Rahimjon Odilovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Farg‘ona viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Sudyalik lavozimida bo‘lshining navbatdagi o‘n yillik muddatiga tayinlanganikki nomzod -Rajabov Nodirjon Tusunboltayevich shu muddatning besh yilini Samarqand tuman sudi raisi, Jumayev Diyor Bazorovich esa Termiz tumanlararo iqtisodiy sudining raisi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

Muqobillik asosidagi tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan jinoyat ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudining raisi Davletmuratov Sultanmurat RustemovichniQoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga vakolat muddati davriga qayta tayinlash uchun Jo‘qori Kengesga taqdimnoma kiritildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring