Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahongir Otajonov sudga berildi

Jahongir Otajonov sudga berildi

Internet ijtimoiy tarmog‘ida Jahongir Otajonov Ichki ishlar vazirligi tizimi xodimlarini haqorat qilgan videomurojaatini joylashtirib, xodimlarning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan taxqirlagan, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.

Qayd etilishicha, J.Otajonovning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida, u yuqoridagi videomurojaatida aytib o‘tgan haqoratli gaplarni jahl ustida aytganligini, Respublika hukumati va ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan hech qanday shaxsiy adovati yo‘qligini ta’kidlab, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.

«J.Otajonovning qilmishida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi («Haqorat qilish»)da ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli to‘plangan hujjatlar 23.07.2021 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudiga taqdim etildi», deyiladi IIBB xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq taniqli estrada xonandasi Jahongir Otajonov siyosatdan ketishini e’lon qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring