Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda ochiq muloqot o‘tkazildi

Jizzaxda ochiq muloqot o‘tkazildi

Shu yilning 17 oktyabr kuni Jizzax viloyatining Do‘stlik hamda Sharof Rashidov tumanlarida ochiq muloqot va davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi  Yosh huquqshunoslar Kengashi tomonidan “Yoshlar kelajagi- qonunga rioya qilishdan boshlanadi” loyihasi doirasida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida 200 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi. Unda Yosh huquqshunoslar Kengashi xodimlari tomonidan loyiha hamda Mamlakatimizda yoshlarga oid qonun va qaror va farmonlarning asosiy maqsad va mazmuni, mehnat migratsiyasi, chet davlatlarda o‘z huquqlarimizni qaysi idoralar himoya qishlari to‘g‘risida batafsil hamda qizg‘in interaktiv usullar orqali tushunchalar berildi.

Bundan tashqari hududda joylashgan “Navro‘z” shaharcha fuqorolar yig‘iniga ham loyiha ishtirokchilari tashrifi xayrli bo‘ldi. Fuqorolar yig‘inida bepul “Huquqiy maslaxatxona” burchagi tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi” qonuni, Oila kodeksi, Jinoyat kodeksi taqdim qilindi.

— Yosh huquqshunoslar Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Huquqiy maslaxatxona” burchagimiz mana Respublikamiz qonun xujjatlari bilan boyitildi. Albatta bu bizning qonun xujjatlaridan foydalanishimiz va bizga murojaat bilan kelgan fuqorolarga qonun doirasida javob qaytarishimizda asqotadigan bir jamlanma bo‘ldi. Biz buning uchun Yoshlar ittifoqiga aloxida minnatdorchilik bildiramiz deydi,- “Navro‘z” shaharcha fuqorolar yig‘ini raisi Abdurashid Aliboyev.

Kunning ikkinchi yarmida loyiha ishtirokchilari Sharof Rashidov tumanida joylashgan Mayishiy xizmat va iqtisodiyot kasb-hunar kollejida bo‘lishdi. Bu yerda ham Yosh huquqshunoslar 200 ga yaqin yoshlarga o‘z huquqiy maslahatlarini berishdi. Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

— Men o‘zimga juda kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni oldim, ayniqsa mehnat migratsiyasi borasida berilgan malumotlar menga juda ham manzur bo‘ldi.Turli yumushlar bilan chet ellarga borganimizda, bizga yordam kerak bo‘lgan taqdirda aynan qerlarga murojaat qilishimiz kerakligini endi bilib oldim, — deydi shu kolej talabasi Qo‘shmurodov Sobirjon.

Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan yoshlarga Yosh huquqshunoslar Kengashi tomonidan huquqiy kitoblar sovg‘a sifatida topshirildi.

Eldor Navro‘zov

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring