Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kasbida fermerlarga «tarbiyaviy soat» o‘tgan IIB boshlig‘i ustidan xizmat tekshiruvi boshlandi

Kasbida fermerlarga «tarbiyaviy soat» o‘tgan IIB boshlig‘i ustidan xizmat tekshiruvi boshlandi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Bir necha kundan beri ijtimoiy tarmoqlarda Kasbi tumani IIB boshlig‘i bir necha nafar mahalliy fermerni jaziramada avtobusga qamab, «tarbiyaviy soat» o‘tganiga oid lavha va xabarlar aylanayotgani xabar qilingan edi. Nihoyat, hodisaga vakolatli organlar tomonidan munosabat bildirildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda Kasbi tumani IIB boshlig‘ining fermerlarga nisbatan harakati yuzasidan tarqatilgan video va matnli materiallar bo‘yicha viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring