Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kobalt»ni olib qochgan kimsa qo‘lga olindi, avtomashina egasiga qaytarildi

«Kobalt»ni olib qochgan kimsa qo‘lga olindi, avtomashina egasiga qaytarildi

Illyustrativ surat

Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, shu yilning 5-noyabr kuni noma’lum shaxs Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan Respublika Patologik anatomiya markazi olididagi avtoturargohdan E.J. ga tegishli, qarovsiz qoldirilgan «Kobalt» rusumli avtomashinani haydab qochgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yakkasaroy  tumani Qushbegi dahasida yashovchi S.S. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Olib qochilgan mashina esa Chirchiq shahridan texnik soz holda topilib, o‘z egasiga qaytarilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring