Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘cha yurishlari, miting yoki namoyishlar uyushtirish qanday jazolanadi?

Ko‘cha yurishlari, miting yoki namoyishlar uyushtirish qanday jazolanadi?

Foto: «Xabar.uz»

Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish yoxud o‘tkazish tartibini buzish o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olinishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqida «Huquqiy axborot» kanali ma’lumot berib o‘tdi.

Agarda harakat tashkilotchisi aynan shu kabi harakatlar uchun ilgari ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, unda ushbu shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bunda maksimal jinoiy jazo sifatida 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Bundan tashqari, ruxsat etilmagan yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlar qatnashchilariga binolar yoki boshqa mulk (aloqa vositalari, ko‘paytiradigan va boshqa xil texnik uskunalar, transport)ni berish yoki shunday tadbirlarni o‘tkazish uchun boshqa sharoitlarni yaratish fuqarolarga 20 mln 273 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 30 mln 409 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring