Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘riladi

Ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘riladi

Foto:«Xabar.uz»

«Sud qarorlarini qayta ko‘rish institutining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonun (O‘RQ–665-son, 12.01.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar endilikda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘riladi.

Endilikda fuqarolar o‘z hisobidan ma’muriy bayonnomaning ko‘chirma nusxasini, shuningdek sud majlisining audio- yoki videoyozuvini olishga haqli.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qaror ustidan ma’muriy bayonnomani tuzgan organ tomonidan ham shikoyat berilishi mumkin.

Ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni nazorat tartibida ko‘rish bekor qilinib, apellyasiya instansiyasi joriy etildi.

Sud hujjatining noqonuniyligi, asoslantirilmaganligi bilan bir qatorda ularning adolatsizligi ham sud hujjatini kassatsiya tartibida o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘lishi belgilandi.

Kassatsiya instansiyasi sudi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni Oliy sud raisi, Bosh prokuror yoki ularning o‘rinbosarlari kiritgan protestga ko‘ra kassatsiya tartibida takroran ko‘radi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring