Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«MAN» avtomobilining ehtiyot qismlari turadigan joydan ratsiya topildi

«MAN» avtomobilining ehtiyot qismlari turadigan joydan ratsiya topildi

2019 yil 27 mart kuni Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va BQBga qarshi kurashish bo‘limi va «Sirdaryo» chegara bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda, Rossiya Federatsiyasidan Qozog‘iston Respublikasi orqali O‘zbekistonga o‘tish maqsadida «Sirdaryo» chegara bojxona postiga kirib kelgan O‘zbekiston fuqarosi R.Sh. boshqaruvida bo‘lgan «MAN» rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar guruxi xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, avtomashinaning ehtiyot qismlari uchun ajratilgan alohida joyida bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan dastlabki qiymati 6 million so‘mlik 3 dona «Motorola» nomli qo‘l ratsiyasi, 2 dona quvvatlagich, 1 dona «LIFAN» nomli elektr dvijogi tovar-moddiy boyliklarini hech qanday hujjatlarsiz olib kelinayotganligi aniqlandi.

Xozirda aniqlangan xolat yuzasidan tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring