Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Masjidlarda sodir etilgan o‘g‘irliklarda gumonlanuvchilar qo‘lga olindi

Masjidlarda sodir etilgan o‘g‘irliklarda gumonlanuvchilar qo‘lga olindi

Toshkent shahridagi masjidlarda sodir etilgan o‘g‘irliklarda gumonlanuvchi shaxslar qo‘lga olindi.

19 yanvar kuni soat 15.30 da Shayxontohur tumanida 22 yoshli Islom A. masjidda bo‘la turib, 22 yoshli Sanjar N.ga tegishli bo‘lgan ustki kiyim cho‘ntagidan narxi 1.625.000 so‘m bo‘lgan mobil telefonni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan. O‘g‘irlikda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi («O‘g‘rilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

22 yanvar kuni soat 15.00 da noma’lum shaxs Olmazor tumanidagi masjidda bo‘la turib, 44 yoshli Munojiddin P.ga tegishli bo‘lgan ustki kiyimdan 800 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan. Ko‘rilgan choralar davomida tashqi videokuzatuv kameralari yozuvi o‘rganilgach, ushbu o‘g‘irlikdan gumonlanuvchi tariqasida 39 yoshli Boxodir T. qo‘lga olindi. Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi («O‘g‘rilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qo‘llanilgan.

Manba: iibb.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring