Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MIB: «O‘zbekiston pochtasi»ga 1 mlrd. so‘m undirildi!

MIB: «O‘zbekiston pochtasi»ga 1 mlrd. so‘m undirildi!

«O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyati gaz yetkazib beruvchi yirik korxona bilan ancha tortishgani ehtimoli katta. Ko‘rsatilgan xizmatga to‘lovni vaqtida amalga oshirmaslik kimga yoqadi deysiz? Summa ham kichkina emas: 1 mlrd. so‘mdan ortiq! Pullarni vaqtida undirish choralari ko‘rilmasa, qarzdor emas, haqdor tomonda qo‘shimcha muammolar paydo bo‘lishi mumkin.

Xullas, «O‘zbekiston pochtasi» iqtisodiy sudga murojaat qildi. Sudda nizo nechta bosqichda ko‘rilgani muhimmas. Muhimi, da’vo qanoatlantirilib, hal qiluv qarori ijroga qaratildi. Ijro hujjati esa joriy yilning 5 avgust kuni Majburiy ijro byurosining Yakkasaroy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi. Va bu yog‘i tezlashib ketdi. Qarzdorning hisob raqamidan jami 1 mlrd. 80 mln. 744 ming so‘m undirilib, «O‘zbekiston pochtasi»ning tegishli hisob raqamiga o‘tkazildi.

Shu bilan ijro ishi yopildi. Katta korxonaning «panjasiga panja urmoq» osonmas, albatta. Ammo qonun siz tomonda ekan, ortiqcha muammo yo‘q. Da’vo bormi? Asoslimi? Bosing...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring