Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MIB ularni ayamayapti, hatto taniqli qiziqchi 15 sutkaga «ketdi»

MIB ularni ayamayapti, hatto taniqli qiziqchi 15 sutkaga «ketdi»

Foto: avtonom.org

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 26.03.2018-yildagi sud buyrug‘iga asosan A.Vardanyandan voyaga yetmagan ikki nafar farzandlarining ta’minoti uchun L.Shatomirova foydasiga aliment undirish belgilangan edi. A.Vardanyan naq bir yil to‘lovni unutdi go‘yo, natijada to‘lanishi kerak bo‘lgan aliment miqdori olti million so‘mdan oshib ketdi...

Shu sudning 17.06.2016-yildagi sud buyrug‘iga asosan fuqaro Sh.Xudoyberdiyev ham voyaga yetmagan ikki nafar farzandi ta’minotiga belgilangan miqdorda aliment to‘lashi lozim edi. Ota salkam uch yil majburiyatini ado etmagani bois qarz miqdori o‘n sakkiz million so‘mdan oshibdi...

Fuqaro Sh.Xojiyev xususida ham shu gap: uning alimentdan qarzdorligi 23 million so‘mni qoralab qolibdi, o‘ttiz to‘qqiz oyda. Bu vaqt oralig‘ida uning ikki bolasi va ularning onasi qanday kun kechirdi – o‘zlarigagina ayon...

Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan yuqoridagi holatlar chiroyli qilib hujjatlashtirildi. Va... tegishli chora ko‘rilishi uchun shu tuman ma’muriy ishlar bo‘yicha sudga yubordi.

Sud esa qarzdor otalarga (har biriga) nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring