Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB xodimiga hiyla ishlatishga uringan qarzdor qarmoqqa ilindi

MIB xodimiga hiyla ishlatishga uringan qarzdor qarmoqqa ilindi

Foto: «Xabar.uz»

Majburiy ijro byurosi Jizzax shahar bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining 2018-yil 2-avgustdagi ijro hujjatiga ko‘ra, Jizzax shahrida yashovchi qarzdor M.N. hisobidan Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi undiruvchi A.S. foydasiga 28.200.000 so‘m qarz summasi va 3.783.500 so‘m bank foizi jami 31.983.500 so‘m undirish belgilangan.

Shuningdek, bo‘lim ish yurituvida qarzdor M.N. hisobidan undiruvchi A.S. foydasiga 564.000 so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati ham mavjud bo‘lgan.

2018-yilning 18-sentyabr kuni qarzdor M.N. davlat ijrochisi A.G‘aniyevning xizmat xonasiga kelib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining 2018-yil 2-avgustdagi ijro hujjatida ko‘rsatilgan jami 32.547.500 so‘mlik qarzdorlikni to‘lamaslik maqsadida va ijro hujjatini bosdi-bosdi qilib, tugatib berish evaziga 500 AQSh dollarini pora tariqasida berishini taklif qilgan.

MIB Jizzax shahar bo‘limi davlat ijrochisi A.G‘aniyevning bildirgisiga  asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, M.N. davlat ijrochisi A.G‘aniyevga pora tariqasida taklif etilgan 500 AQSh dollarining 300 AQSh dollarini berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring