Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy gvardiyaga «joylab qo‘yish»ni va’da qilgan shaxs ushlandi

Milliy gvardiyaga «joylab qo‘yish»ni va’da qilgan shaxs ushlandi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahrida 4 000 AQSh dollari evaziga Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahar IIBB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.Q. fuqaro D.ga qalbaki xizmat guvohnoma ko‘rsatib, Milliy gvardiya tizimiga tanishlari orqali ishga kiritib qo‘yishga ishontirib, evaziga 4000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik), 28,211-moddasi (Pora berish) va 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring