Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nabiradan boboga 37 mln. so‘m zarar undirildi

Nabiradan boboga 37 mln. so‘m zarar undirildi

Foto: MIB matbuot xizmati

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 20.02.2018-yildagi qarori bilan fuqaro R.Boyqo‘ziyevdan Q.Po‘latov foydasiga 37 mln. 468,6 ming so‘m moddiy zarar undirish belgilangan edi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati.

Bir qarashda oddiy ko‘ringan ushbu ijro hujjati MIB Quvasoy shahar bo‘limi tomonidan o‘rganilganida haqdor va qarzdor yaqin qarishdosh — nabira va bobo ekanligi ma’lum bo‘lgan. Ya’ni, nabira R.Boyqo‘ziyev o‘z bobosi Q.Po‘latovni chuv tushirgan ekan. Biroq nabira bobo oldidagi qarzini to‘lamay qochib yurgan.

Davlat ijrochisi tomonidan uning nomiga rasmiylashtirilgan mulklar o‘rganilganida «Spark» rusumli avtomashina mavjudligi aniqlandi. Transport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilinganda Bag‘dod tumanida istiqomat qiluvchi Sh.Xidirov boshqaruvida ekanligi ma’lum bo‘ldi. Buni qarangki, «shovvoz» nabira avtomashinani Sh.Xidirovga hech qanday hujjat rasmiylashtirmasdan sotishga ham ulgurgan ekan.

Qonunda belgilangan tartibga ko‘ra, «Spark» jarima maydonchasiga kiritildi, so‘ng auksion elektron savdoga qo‘yilganida nabira shoshib qoldi va... Byuroning Quvasoy shahar bo‘limiga kelib, qarzini naqd pul ko‘rinishida to‘liq to‘lab berdi.

Nabira va bobo o‘rtasidagi munosabatlar qanday davom etishini vaqt ko‘rsatadi. Asosiysi, MIB o‘z ishini bajardi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring