Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda fuqaroning uyi kompensatsiya miqdoridan noroziligi uchun buzilmadi

Namanganda fuqaroning uyi kompensatsiya miqdoridan noroziligi uchun buzilmadi

Foto: wikiway.com

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Namangan shahrida yashovchi fuqaro M.Egamberdiyevaning murojaati o‘rganib chiqildi. Fuqaro buzilishga tushgan turarjoyi uchun to‘lanayotgan kompensatsiya puli miqdoridan norozi bo‘lgan.

Aniqlanishicha, M.Egamberdiyeva yashayotgan uyning kadastr hujjati uning qaynonasi O‘.Tojibayeva nomiga 2009 yilda rasmiylashtirilgan. Uy «SHERDOR EXPERT» MChJ tomonidan 222 858 669 so‘mga baholangan. Namangan shahar hokimining 2019 yil 5 apreldagi 392-sonli qaroriga asosan Namangan shahar, Sharq tongi MFY, Samarqand ko‘chasida joylashgan turarjoylar buzilishga tushganligi va ayrim xonadonlar buzilganligi aniqlandi.

Shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudi tomonidan 2019 yil 27 iyunda «Da’vogar Namangan shahar hokimligi, javobgarlar O‘.Tojiboyeva va M.Egamberdiyevalar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, javobgar M.Egamberdiyevaga 0,04 ga yer maydoni ajratish, 113 000 000 so‘m kompensatsiya puli berishga, javobgar O‘.Tojiboyevaga Namangan shahar, Alpomish MFY, Xamza ko‘chasida joylashgan 8-uyni rasmiylashtirib berishga, fuqaro O‘.Tojiboyeva yetti kun muddat ichida uy-joyni buzib chiqib ketishga kelishilganligi bayon qilinib, yer maydonini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun qaytarib olish va binolarni majburiy tartibda buzdirish haqidagi da’vo arizasi taraflar o‘rtasida kelishuv bitimi tuzilganligi va u sud tomonidan tasdiqlanganligi sababli fuqarolik ish yuritishdan tugatilishi» to‘g‘risida ajrim qabul qilingan.

Kosonsoy tuman ma’muriy sudi tomonidan 2019 yil 24 iyulda «Arizachilar G‘.Alimov, O.Asqaraliyev, M.Egamberdiyeva, X.Abduqaxxarov, X.Xolmirzayevalarning Namangan shahar hokimining 2019 yil 5 apreldagi 392-sonli qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi shikoyat arizasini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida» hal qiluv qarori chiqarilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudi tomonidan 2019 yil 25 iyulda “Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2019 yil 27 iyundagi kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimining ijrosi mazkur fuqarolik ishi kassatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turish to‘g‘risida ajrim qabul qilingan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudi kassatsiya instansiyasi tomonidan 2019 yil 22 avgustda «Da’vogar Namangan shahar hokimligi javobgarlar O‘.Tojiboyeva va M.Egamberdiyevalarga nisbatan yer maydonini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun qaytarib olish va binolarni majburiy tartibda buzdirish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan chiqarilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2019 yil 27 iyundagi ajrimi»ga nisbatan javobgar M.Egamberdiyeva tomonidan berilgan kassatsiya tartibidagi xususiy shikoyati yuzasidan «Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2019 yil 27 iyundagi ajrimi bekor qilish va ishni mazmunan ko‘rish uchun birinchi instansiyaga yuborish to‘g‘risida»gi ajrimi qabul qilingan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudi tomonidan 2019 yil 8 oktyabrda «Da’vogar Namangan shahar hokimligi javobgarlar O‘.Tojiboyeva va M.Egamberdiyevalarga nisbatan yer maydonini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun qaytarib olish va binolarni majburiy tartibda buzdirish haqidagi da’vosi asossiz deb topilib, qanoatlantirishdan rad etish to‘g‘risida»gi hal qiluv qarori chiqarilgan.

Bundan tashqari, murojaat yuzasidan fuqaro M.Egamberdiyeva bilan o‘tkazilgan suhbat jarayonida Namangan shahar, Sharq tongi MFY, Samarqand ko‘chasi, 9-uy uchun qaynonasi O‘.Tojiboyevaga Namangan shahar, Alpomish MFY, Xamza ko‘chasida joylashgan 8-uyning barcha hujjatlari taqdim qilingan bo‘lsa-da, hozirda ushbu uy-joy qaynonasi O‘.Tojiboyevaning nomiga rasmiylashtirilmaganini, fuqaro M.Egamberdiyevaga uy-joyi uchun yer maydoni ajratilmaganligini, «SHERDOR EXPERT» MChJning 2019 yil 1 iyundagi 477-sonli hisobotiga asosan baholangan summadan, ya’ni 222 858 669 so‘m miqdoridan norozi ekanligini bayon qilgan.

Hozirda «ZAFAR PLAST» MChJ hamda fuqaro M.Egamberdiyeva o‘rtasida uy-joy buzilishi uchun berilishi kerak bo‘lgan kompensatsiya miqdori yuzasidan kelishuvga erishilmaganligi sababli fuqaro M.Egamberdiyeva yashayotgan Namangan shahar, Sharq tongi MFY, Samarqand ko‘chasi, 9-uy buzilmagan.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring